Huquqiy hujjat
Hisobni o‘chirish siyosati
Ruhiyat mobil ilovasida foydalanuvchi hisobini va unga bog‘liq shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish tartibi.
- Versiya:
- 1.0.0
- Nashr:
- 2-iyl, 2026
Ushbu siyosat Ruhiyat mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun hisobni o‘chirish tartibini tushuntiradi.
Foydalanuvchi Ruhiyat mobil ilovasida o‘z hisobini o‘chirish so‘rovini yuborishi mumkin. Hisobni o‘chirish so‘rovi yuborilgandan so‘ng profil va unga bog‘liq shaxsiy ma’lumotlar qonunchilik, xavfsizlik va texnik talablar doirasida qayta ishlanadi.
Hisobni ilova ichidan o‘chirish
Hisobni o‘chirish uchun mobil ilovada Profil yoki Sozlamalar bo‘limiga o‘ting va “Hisobni o‘chirish” sahifasini oching. Tasdiqlash oynasidan so‘ng so‘rov qabul qilinadi.
So‘rov yuborilgandan keyin belgilangan kutish muddati davomida foydalanuvchi qaroridan qaytishi mumkin. Ushbu muddat 14 kalendar kunni tashkil etadi. Shu muddat ichida hisobni o‘chirish so‘rovi bekor qilinmasa, hisob va unga bog‘liq ma’lumotlar o‘chiriladi yoki faol foydalanishdan chiqariladi.
Web orqali so‘rov yuborish
Agar foydalanuvchi ilovaga kira olmasa, hisobni o‘chirish bo‘yicha so‘rovni rasmiy aloqa kanali orqali yuborishi mumkin. So‘rovda hisobga bog‘langan telefon raqami yoki email manzili ko‘rsatilishi kerak.
Xavfsizlik sababli, so‘rov bajarilishidan oldin hisob egasi ekanligingiz tasdiqlanishi mumkin.
O‘chiriladigan ma’lumotlar
Hisob o‘chirilganda quyidagi ma’lumotlar o‘chirilishi yoki faol foydalanishdan chiqarilishi mumkin:
- profil ma’lumotlari;
- ism, telefon raqami yoki email manzili;
- test va diagnostika natijalari;
- proyektiv metodika javoblari;
- AI Ruhiyat bilan bog‘liq suhbat yozuvlari;
- saqlangan kontent va ilova ichidagi faoliyat tarixi;
- push bildirishnoma tokenlari;
- boshqa hisobga bog‘liq texnik ma’lumotlar.
Saqlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar
Ayrim ma’lumotlar qonunchilik, xavfsizlik, moliyaviy hisobot, nizolarni ko‘rib chiqish yoki xizmat sifatini nazorat qilish maqsadida cheklangan muddat davomida saqlanishi mumkin. Bunday ma’lumotlar zarur muddat tugagach o‘chiriladi yoki anonimlashtiriladi.
To‘lovlar va xizmatlar
Agar foydalanuvchida to‘lov, konsultatsiya, bron yoki xizmat tarixi mavjud bo‘lsa, unga tegishli minimal ma’lumotlar moliyaviy va huquqiy talablar asosida vaqtincha saqlanishi mumkin.
Muhim ogohlantirish
Hisob o‘chirilgandan so‘ng ayrim ma’lumotlarni tiklash imkoni bo‘lmasligi mumkin. Hisobni o‘chirishdan oldin kerakli ma’lumotlarni saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.
Aloqa
Hisobni o‘chirish, ma’lumotlarni qayta ishlash yoki maxfiylik bo‘yicha savollar uchun quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Ushbu siyosat Ruhiyat mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun amal qiladi. Siyosat yangilanganda yangi versiya ushbu sahifada e’lon qilinadi.
Ruhiyat platformasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy hujjat
